o-zbekistonda-bu-yil-9-may-xotira-va-qadrlash-kuni-bilan-bogliq-barcha-ommaviy

O’zbekistonda bu yil 9 may-Xotira va qadrlash kuni bilan bog'liq barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi

Koronavirusga qarshi kurash Komissiyasining qarori bilan 9 may-Xotira va qadrlash kuni bilan bog'liq barcha ommaviy tadbirlar, Kovid-19 bilan kasallanganlar sonining ko'payishi sababli bekor qilingan

07 Mayıs 2021 13:10

O’zbekistonda koronavirusga qarshi kurash Komissiyasining qarori bilan 9 may-Xotira va qadrlash kuni bilan bog'liq barcha ommaviy tadbirlar, Kovid-19 bilan kasallanganlar sonining ko'payishi sababli bekor qilindi.

Bundan maqsad esa aholi salomatligini muhofaza qilish va epidemiya og'irlashishining oldini olishdir.

Komissiyaning prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan qarori bilan 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan rasmiy tadbirni oz sonli davlat amaldorlari va urush faxriylari ishtirokida, epidemiya choralariga muvofiq ravishda o'tkazishga ruxsat berildi.

O'zbekistonda koronavirusga chalinganlarning jami soni 93 ming 597 tani tashkil etmoqda.

89 ming 338 kishi esa sog'ayib ketishga muvoffaq bo’lgan.

So'nggi 24 soat ichida koronavirus tufayli 3 o'lim holati kuzatilgan ushbu mamlakatda Kovid-19 tufayli vafot etganlar soni 660 taga yetdi.

 

Yangiliklar