o-zbekistonda-koronavirus-pandemiyasi-sababli-navro-z-umumxalq-bayrami-tadbirlar

O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi sababli Navro’z umumxalq bayrami tadbirlari tor doirada o’tkaziladi

Bayram tadbirlarida ko‘pchilik to’planmasligiga va tashrif buyuruvchilar niqobda bo‘lishlariga ahamiyat beriladi

17 Mart 2021 15:43

O‘zbekistonda Bosh vaziri Abdulla Oripov boshchiligida Respublika maxsus komissiyasining yig’ilishida koronavirus pandemiyasi sababli Navro’z umumxalq bayrami tadbirlarini tor doirada o’tkazish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Ushbu qarorga muvofiq, bayram tadbirlari ochiq joylarda, ya’ni bog’lar, xiyobonlarda o‘tkaziladi. Bayram tadbirlarida ko‘pchilik to’planmasligiga va tashrif buyuruvchilar niqobda bo‘lishlariga ahamiyat beriladi. Shuningdek, aholi gavjumligining oldini olish maqsadida tadbirlarni kichik hajmda mahallalarda tashkil etish ko’zda tutilgan.

Ohirgi oylarda 100 dan kam bo'lgan kunlik holatlar soni so'nggi kunlarda yana ko'paygan. O'zbekistonda hozirgacha 80 ming 858 ta kovid-19 holati aniqlangan

Yangiliklar