o-zbekistonda-qo-qon-xonligining-turkiy-davlat-an-analaridagi-o-rniga-bag-ishlan

O‘zbekistonda Qo‘qon xonligining turkiy davlat an’analaridagi o‘rniga bag’ishlangan konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonning tarixiy Qo‘qon shahrida “Turkiy xalqlarning davlat an’analari va madaniy merosini rivojlantirishda Qo‘qon xonligining o‘rni” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

09 Haziran 2022 14:28

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT), Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY), O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi, Farg‘ona viloyati va Qo‘qon universiteti hamkorligida o‘tkazilgan anjumanda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Tojikiston, Vengriya, AQSh va boshqa  turli mamlakatlardan ko‘plab olimlar ishtirok etdi.

TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev anjumanning ochilishida so‘zlagan nutqida O‘zbekiston o‘zining boy tarixi va betakror madaniyati bilan nafaqat turk dunyosi, balki jahon sivilizatsiyasining ham noyob xazinasi ekanligini ta’kidladi.

S. Rayev turk dunyosi uchun muhim bo‘lgan Qo‘qon xonligi qadriyatlarini ana shunday anjumanlar orqali targ‘ib qilish, madaniy merosni saqlab qolish muhimligiga e’tibor qaratdi va quyidagicha davom etdi:

“Farg‘ona vodiysining yorqin durdonasi bo‘lmish Qo‘qon o‘tmishda madaniy merosimizga beqiyos hissa qo‘shgani haqiqatdir.

O‘zbek, qirg‘iz, uyg‘ur, qozoq, qoraqalpoq va boshqa ko‘plab turk xalqlarining vakillari birga yashayotgan Qo‘qon hozirda  bag‘rikenglik shahri bo‘lganidek, qadimda ham madaniyati, san’ati, ma’muriy boshqaruvi bilan ajralib turgan”,-dedi.

Anjumanning ochilishida onlayn tarzda ishtirok etgan O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ham tarixda madaniyat, san’at va adabiyot beshigi bo‘lgan Qo‘qon shahri bugun muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

U Qo’qon shahri bugungi kunda ham  mamlakatning muhim madaniyat va san’at markazlaridan biri ekanligiga e’tibor qaratdi.

Yangiliklar