o-zbekistonda-tarqoq-skleroz-kongressi-bo-lib-o-tdi

O‘zbekistonda tarqoq skleroz kongressi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonning Samarqand shahrida “4-Xalqaro Turk dunyosi tarqoq skleroz kongressi” bo‘lib o‘tdi.

10 Haziran 2022 17:52

 

O‘zbekistonning Samarqand shahrida “4-Xalqaro Turk dunyosi  tarqoq skleroz kongressi” bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) va Turkiya nevrologiya assotsiatsiyasi ko‘magida Turk dunyosi  tarqoq skleroz tadqiqot jamiyati tomonidan tashkil etilgan “4-Xalqaro Turk dunyosi  tarqoq (multipl)  skleroz kongressi”da turkiy tilli mamlakatlardan 200 dan ortiq nevrolog va olimlar ishtirok etdi.

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan kongressda ishtirokchilar skleroz davolashdagi so‘nggi yutuqlar, diagnostika va davolashning yangi usullari, kasallikning klinik ko‘rinishini muhokama qildilar.

Kongressning yopilish marosimi Toshkentda bo‘lib o‘tdi.

Kongressning yopilishida so’zga chiqqan Sog’liqni saqlash fanlari universiteti Gulhane tibbiyot fakulteti o’qituvchisi, Turk dunyosi Multipl Skleroz Kongressi hamraisi Prof. Dr. Sheref Demirkaya ajdodlar diyorida hamkasblari bilan birga bo'lishdan mamnunligini bildirdi.

Demirkaya, o'tmishdan buyon boy bilim va tajribaga ega bo'lgan bu zaminda tug'ilgan Ibn Sino yozgan kitoblar G'arb tibbiyotiga 400 yil davomida yo'l ko'rsatganini ta'kidladi.

Kongress hamraisi prof. Dr. Husnu Afandi esa, kongressning bilim va tajriba almashish nuqtai nazaridan juda foydali ekanligini qayd etib, kongressning shifokor, yordamchi va mutaxassis almashinuv dasturlarini boshlash nuqtai nazaridan ham foydali bo'lishiga ishonishini ta'kidladi.

O‘zbekiston Nevrologlar ittifoqi raisi Baxtiyor G‘ofurov  kongress nevrologlarni birlashtirganini ta’kidladi.

G‘ofurov Turkiyaning skleroz tashxisi va davolashda muhim yutuqlarga erishgan davlatlardan biri ekanligini va bu yutuqlarni boshqa davlatlar bilan bo‘lishishda kongress muhim rol o‘ynaganligini ta’kidladi.

Kongress Bosh kotibi Aynur Feyziog'lu kongress juda muvaffaqiyatli o'tganini qayd etib, ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi.

Demirkaya, kongress 2023 yilda Ozarbayjonda, 2024 yilda esa Qozog'istonda o'tkazishni rejalashtirganliklarini bildirdi.

Yangiliklar