o-zbekistonda-toshkent-xalqaro-investitsiya-forumi-boshlandi

O‘zbekistonda Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi

O‘zbekistonda Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi. Uch kun davom etadigan forum doirasida Oʻzbekistondagi biznes va sarmoyaviy imkoniyatlar hamda investitsiya loyihalari haqida taqdimotlar oʻtkaziladi.

27 Mart 2022 10:39

O‘zbekistonda Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi.

Uch kun davom etadigan forum doirasida Oʻzbekistondagi biznes va sarmoyaviy imkoniyatlar hamda investitsiya loyihalari haqida taqdimotlar oʻtkaziladi.

Forumda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Renaud-Basso, Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsugu Asakava,Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Folih, Jahon savdo tashkiloti bosh direktori oʻrinbosari Xiangcheng Chjan, Xalqaro moliya korporatsiyasining operatsiyalar bo‘yicha katta vitse-prezidenti Stefani fon Fridburg va Turk davlatlari tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim ham ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev forumning ochilishida so‘zga chiqib, Buyuk ipak yo‘lining markazida joylashgan, qadimda Osiyo, Yevropa va Afrikadan karvon yo‘llari kesishgan O‘zbekistonning eng rivojlangan davlatlardan biri bo‘lganini ta’kidladi.

U O‘zbekistonning 3000 yillik davlat an’analari bilan uzoq yillar davomida dunyoning savdo, iqtisodiyot, ilm-fan, madaniyat va san’at markazi bo’lganigiga e’tibor qaratib:

 “Bugun O‘zbekiston shimol bilan janubni, g‘arb va sharqni bog‘lovchi Markaziy Osiyo mintaqasining o‘zagi hisoblanadi. Geografik joylashuviga ko‘ra asosiy tranzit yo‘laklariga ega”,-dedi.

Mirziyoyev “Buyuk oʻtmishdan buyuk kelajak sari” tamoyili asosida mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish borasidagi saʼy-harakatlar bilan keng koʻlamli islohotlar davom etayotganini qayd etib, hukumatning 5 yillik harakat dasturida davlatning barcha sohalarini qamrab olgan islohotlar oʻrin olganini alohida taʼkidladi.

 “Mamlakatimizdagi muvaffaqiyatlaringizni O‘zbekiston Prezidenti va hukumati kafolatlaydi”

Mirziyoyev investorlarning Oʻzbekiston bozoriga kirib kelishi va erkin faoliyat yuritishiga toʻsqinlik qilayotgan barcha toʻsiqlarni bartaraf etganini, muhim islohotlarni amalga oshirish orqali mamlakatimizda ishbilarmonlik muhiti uchun qulay shart-sharoit yaratganini taʼkidladi.

Oʻzbekistonning eng katta maqsadlaridan biri Oʻzbekistonni mustahkam qonun va adolat qaror topgan demokratik davlatga aylantirish, mustaqil va kuchli sud-huquq tizimini barpo etish ekanligini aytdi.

Islohotlar natijasida kelgusi besh yilda yalpi ichki mahsulot hajmini 100 milliard dollarga, yillik eksport hajmini 30 milliard dollarga, xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini esa 80 foizga yetkazish rejalashtirilganligini taʼkidlagan Mirziyoyev,:

“Biz 2030 yilga borib Oʻzbekistonni dunyoning oʻrtacha daromadli davlatlaridan biriga aylantirishni maqsad qilganmiz”,-dedi.

Mamlakatda sarmoyadorlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish borasidagi sa’y-harakatlari davom etishini aytgan Mirziyoyev xorijiy sarmoyadorlarga murojaat qilib:

 “Mamlakatimizdagi muvaffaqiyatlaringiz O‘zbekiston Prezidenti va hukumati tomonidan kafolatlanadi”, - dedi.

Mirziyoyev, shuningdek, imkon qadar tezroq Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishni maqsad qilganliklarini qoʻshimcha qildi.

Uch kun davom etadigan forum doirasida Oʻzbekistondagi biznes va sarmoyaviy imkoniyatlar hamda investitsiya loyihalari haqida taqdimotlar oʻtkaziladi.

Yangiliklar