o-zbekistonning-afg-oniston-bilan-chegarasi-koronavirus-sababli-yopildi

O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan chegarasi koronavirus sababli yopildi

Koronavirusga qarshi kurash komissiyasining qarori bilan Afg'onistonda virus bilan bog'liq vaziyat keskinlashayotganligi inobatga olingan holda, O'zbekiston va Afg'oniston chegarasi vaqtincha yopilgan

22 Haziran 2021 15:05

 

O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Koronavirusga qarshi kurash komissiyasining qarori bilan Afg'onistonda virus bilan bog'liq vaziyat keskinlashayotganligi inobatga olingan holda, O'zbekiston va Afg'oniston chegarasi vaqtincha yopilgan.

Qaror bilan Afg'oniston fuqarolariga sayyohlik vizalarini berish, shuningdek, sayyohlik kompaniyalaridan viza arizalarini qabul qilish vaqtincha to'xtatildi.

Chegaradan faqat diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlarning xodimlari va oilalari, xalqaro transport bilan shug'ullanadigan haydovchilar va o‘z yurtiga qaytayotgan O‘zbekiston va Afg‘oniston fuqarolari o’tishi mumkin.

Vazirlik bayonotiga ko'ra, mamlakatda so'nggi 24 soat ichida yana 395 ta koronavirus holati aniqlanib, jami 106 ming 847 ta holat qayd etilgan.

Jami 102 ming 546 kishi esa sog’ayib ketgan.

Virusga chalingan yana 2 kishining o'limi bilan ushbu ko’rsatgich 720 nafarga ko'tarilgan.

Jami 5 million 400 ming dozada vaktsina olib kelingan ushbu mamlakatda, hozirgi kunga qadar 2 million 918 ming 909 doza vaktsina qo’llanilgan.

Yangiliklar