o-zbekistonning-buxoro-shahri-turk-dunyosi-yoshlar-poytaxti-deb-e-lon-qilind

O‘zbekistonning Buxoro shahri “Turk dunyosi yoshlar poytaxti” deb e’lon qilind

O‘zbekistonning tarixiy Buxoro shahri “Turk dunyosi yoshlar poytaxti” deb e’lon qilindi.

03 Haziran 2022 18:15

 

O‘zbekistonning tarixiy Buxoro shahrida Turk Davlatlari Tashkilotining (TDT) IV Yosh Liderlar Forumi boshlandi.

Forumning birinchi kunida TDT Bosh kotibi Bag‘dod Amreyev, Baykar Texnologiya rahbari Selchuk Bayraktar, Yoshlar va sport vaziri o‘rinbosari Xalis Yunus Erso’z, O‘zbekiston yoshlar masalalari agentligi prezidenti A. Sadullayev, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov hamda ko‘plab rasmiylar va yoshlar ishtirok etdi.

Sa’dullayev mazkur forum O‘zbekiston tashqi siyosatida turkiy xalqlar o‘rtasidagi qardoshlik, do‘stlik va hamjihatlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilganligini ta’kidladi.

Mazkur forum Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining 8-sammitida Prezident Sh. Mirziyoyevning 2022-yilni Turkiy dunyoda “Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilish taklifi bilan o‘tkazilganini ta’kidlagan Sa’dullayev bu tadbir va qardosh xalqlar yoshlari o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishda tarixiy ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

TDT Bosh kotibi Amreyev O‘zbekiston dunyoda yoshlar masalasida doimo ilg‘or siyosat olib borayotganini ta’kidlab:

“Qadimgi Buxoro bugun Yoshlar poytaxtiga aylandi. Buxoro Turk dunyosining birinchi yoshlar poytaxtiga aylandi”,-dedi.

Buxoroda ushbu yil davomida turli tadbirlar o'tkaziladi.

 "Biz dunyoni yoritadigan ishlarni amalga oshiramiz"

Forumda yoshlarga murojaat qilgan Bayraktar forumga O‘zbekiston tomonining taklifiga binoan tashrif buyurganini ta’kidlab:

 “Men sivilizatsiyamiz tug‘ilgan O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurdim. Umid qilamanki, biz ham ajdodlarimizdek, butun dunyoni yoritadigan ishlarni amalga oshiramiz”, - dedi.

Dekloratsiya imzolangan

Forumning birinchi kuni yakunida Zaripov, Amreyev va Sa’dullayev 2022-yilni turkiy dunyoda “Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yili”, tarixiy Buxoro shahrini “Turkiy davlatlarning yoshlar poytaxti” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar.

Yangiliklar