o-zbeklar-onado-lida-ham-buxoro-usulida-non-tayyorlamoqda

O‘zbeklar Onado’lida ham  Buxoro usulida non tayyorlamoqda

Hatayning Antakya tumanida yashovchi o‘zbek millatiga mansub kishilar o’z ajdodlaridan o‘rgangan, an’anaviy usulda tayyorlab pishirilgan Buxoro nonini iste’mol qiladi.

27 Nisan 2022 14:57

Bundan 40 yil muqaddam Sovet Ittifoqining Afg‘onistonga bostirib kirishi tufayli Turkiyaga kelib qo‘nim topgan o‘zbeklar nonni o’z uylarida yopadi.

O‘zbek  bilan birga Hatay xalqi ham bu nonni sevib  iste’mol qiladi

Non pishirishdan oldin unga bezak beriladi.

Shunday qilib, 8 mingga yaqin aholi istiqomat qiluvchi Ovakent mahallasida yashovchi oʻzbek turklari Hatayda oʻz anʼanalari bilan birga Oʻrta Osiyodan olib kelgan non madaniyatini ham kelajak avlodlarga yetkazishga harakat qilmoqda.

“Har bir novvoyxonada non o'ziga xos naqshlar bilan bezatiladi”

Novvoy Bereket Kurt, o‘zbek turklarining o‘z urf-odatlarini va an’analarini Hatayda saqlab qolishga urinayotganligiga e’tibor qaratdi.

Afg‘onistondan ko‘chib kelgan kundan boshlab Buxoro nonini yopish bilan shug‘ullanganliklarini aytgan B. Kurt:

"1982 yildan beri Ovakent mahallasida yashaymiz.

Afg‘onistondan kelganimizdan beri tandirda non yopib kelamiz.

Kuniga 600 ga yaqin non sotamiz.

Bu non tarkibida un, suv, xamirturush, tuz va juda oz miqdorda shakar bor. Non tayyorlangandan so'ng, uni tandirimizda pishiramiz",-deydi u.

10 yildan buyon Buxoro nonini yopish bilan shug‘ullanayotganini aytgan novvoy Muhammadulloh O‘zbek esa:

"O'zbeklar odatda bitta mahallada yashagani uchun bu yerda o’zbek madaniyati saqlanib qolgan.

Har bir novvoyxonada non o'ziga xos naqshlar bilan bezatiladi.

Kimdir nonning o'rtasiga, kimdir tepasiga o'z  naqshini ishlaydi, shuning uchun qaysi non qaysi tandirda qilinganini darhol aniqlash mumkin”,- deydi.

Yangiliklar