o-zbeklar-orasida-navro-zda-sumalak-tayyorlash-an-anasi-asrlar-osha-davom-etib-k

O‘zbeklar orasida Navro‘zda sumalak tayyorlash an’anasi asrlar osha davom etib kelmoqda

O’zbekistonda bahor elchisi bo’lmish Navro‘z bayrami tantanalari va tadbirlari butun oy davom etadi.

23 Mart 2022 15:08

O‘zbeklar orasida Navro‘zda sumalak tayyorlash an’anasi asrlar osha davom etib kelmoqda

O‘zbekistonda  bahor kelishi bilan bir mahallada yashovchi odamlar yoki qarindosh-urug‘lar yig‘ilib, ko‘k somsa, halim,  hamda sumalak tayyorlashadi. Ba'zi hududlarda qurbonlik so’yiladi.

Navro‘z bayramlari oldidan kechasi shirinliklar va sumalak tayyorlanadi, u 24 soat davomida tinimsiz aralashtiriladi va pastki qismi yonib ketmasligi uchun ichiga bir necha mayda tosh yoki yong'oq tashlanadi.

Boshqa tomondan, oilaning keksa ayollari qiz nabiralarining qoshlariga “osma” deb nomlangan yashil xinaga o'xshash o'simlikdan olingan suyuqlikni surtib, qoshlarini yanada chiroyli qilishga harakat qiladilar.

Shoira Abduazimova har yili Navro‘zni uyda, oila a’zolari, qarindosh-urug‘lari, yaqin qo‘ni-qo‘shnilari davrasida nishonlashlarini ta’kidladi.

Navro‘z uchun bir kun oldindan tayyorgarlik ko‘rishlarini tushuntirgan Abduazimova, 24 soat tinimsiz aralashtirib tayyorlanadigan sumalak tayyorlashda ishtirok etgan ayollar va qizlar kecha davomida kuy-qo‘shiqlar, xalq qo‘shiqlari kuylashlarini aytadi.

Abduazimovaning ta’kidlashicha, an’anaga ko‘ra, sumalak  avvalo mahallaning keksalari va bemorlariga, qo‘ni-qo‘shnilarga tarqatiladi.

 Sumalak tayyorlangach, mehmonlarga Navro‘z taomlari va shirinliklari tortildi. Bir dasturxon atrofida yig‘ilganlar dasturxondan so‘ng duo qilib, bu yil barakali bo‘lishini tilashdi.

Navro‘z taomlari orasida sumalak alohida o‘rin tutadi.

Sumalak o‘zbek xalqi uchun Navro‘z ramzi hisoblanadi.  Bug‘doyni taxtaga yoyib, unib chiqquncha 4-5 kun suv sepiladi. Bug’doy unib chiqqach sumalak tayyorlanadigan kun belgilanadi.

Sumalak tayyorlashda qozonga olxo‘ridek kattalikdagi tosh, yong’oq  va  masalliqlar birin-ketin qo’yiladi. Sumalak tayyorlash jarayonida an’anaviy cholg‘u asboblari jo‘rligida xalq qo‘shiqlari kuylanadi, duolar o‘qiladi.

Navro'z bayramida 24 soat davomida aralashtirib pishiriladigan Sumalak mehmonlarga tortiq qilinadi.

Qozon boshida har bir kishi tilak bildiradi, duo qiladi.

O‘zbeklar sumalak aralashtirib aytilgan tilak va duolar qabul bo‘ladi, deb ishonishadi.

16-17 soatdan sso‘ng, qopqog‘ini yopgan holda 5-6 soat damlab qo‘yiladigan va shu tarzda taxminan 24 soatda tayyorlanadigan  bu taom o‘zbeklarda darmon, kasalliklarga davo, kuch va quvvat manbai sanaladi.

Avvalo mahallaning keksalari va kasallariga, keyin esa barcha aholiga tarqatiladi.

Kosasida yong‘oq yoki tosh bo‘lgan kishining tilagi yoki duosi qabul bo‘ladi, deb ta’bir qilinadi.

Sumalakning paydo bo'lishi haqida turli mish-mishlar mavjud. Mish-mishlarga ko‘ra, bir ona bahorda uyida ovqat topolmay, uyidan topgan unib chiqqan bug‘doyni olib, och qolgan egizak farzandlarini boqish uchun suvda qaynatgan.

Qozonga bir hovuch tosh tashlab, bolalarini qozonda nimadir borligiga ishontiradi.

Ochlikdan charchagan kechgacha ovqat kutgan bolalari bilan  o‘zi ham uxlab qoladi.

Uyg‘onganida esa  unib chiqqan bug‘doyni otgan qozonidan yoqimli hidlar keladi.

Rivoyatda aytilishicha, tunda osmondan tushgan 30 ta farishta ertalabgacha qozonni aralashtirib chiqadi. Shu sababdan bu taom “sumalak” deb nomlanadi, ya’ni  bu so’z forscha 30 farishta ma’nosini bildiradi.

Bu an’ana tildan-tilga, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan O‘zbekistonda hali ham egizak farzandlari dunyoga kelgan har bir oila o‘z uyida sumalak tayyorlab, qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shniga tarqatib kelmoqda.

 

Yangiliklar