olim-va-podshoh-mirzo-ulugbek

Olim va Podshoh – Mirzo Ulug'bek

Buyuk alloma, davlat arbobi va sohibqiron Amir Temurning suyukli nabirasi

05 Mart 2022 11:22

Asl ismi Muhammad Tarag‘ay bo'lgan Ulug'bek 1394 yil 22 martda Sultoniya shahrida tug'ilgan. Otasi Temurning kenja oʻgʻli Shahruh Mirzo bo’lgan.

G‘iyosiddin Jamshid Mirzo Ulug‘bekka quyidagicha ta’rif beradi.

“U  astronomiya va matematikada iqtidorli, Qur’onni yoddan biladi, fiqh, mantiq, adabiy san’atda mahoratli, juda yaxshi ovchi va musiqachidir.”

15-asrning eng buyuk olimlaridan biri sanalgan Ulugʻbek ilk bor matematika va astronomiya bilan 11 yoshida tanishgan. Yorqin tasavvurga ega bo‘lgan Muhammad Tarag‘ay astronomiya fanidan ilk darsidanoq osmonu yulduzlarga chuqur mehr bilan bog‘lanib qolgan.

Buvisi Saroymulkxonim yoshligidan aql-zakovati bilan e'tiborni tortgan nabirasi Muhammad Tarag'ayga "Ulug'bek" deb ism bergan.

Ulug‘bek bobosi Amir Temur bilan birga Hindiston va Yaqin Sharqni kezib chiqdi. Bobosi bo‘lajak buyuk hukmdorga xos xususiyatlarni ko‘rgan nabirasini yoshligidan taqdirlab, Mo‘g‘uliston boshqaruvini unga topshirgan.

1405 yilda otasi Mirzo Shohruh hukmdor deb eʼlon qilingach, 16 yoshli Mirzo Ulugʻbek Samarqand va Buxoro hokimi etib tayinlandi.

Ulug‘bek o‘z davrining din, ilm, san’at va adabiyotda muvaffaqiyat qozongan olimlarini Samarqandga taklif qiladi.

Uning rasadxonada qariyb 100 nafar olimdan iborat ajoyib jamoa Yerning aylanish vaqtini 365 kun, 6 soat, 9 daqiqa va 6 soniya deb hisoblab chiqdi. Bu natija va  asrlar o'tib hozirgi kunda belgilangan o'lchov o'rtasida atigi 58 soniyalik farq bor.

U trigonometriyaga  ham katta qiziqish ko’rsatgan.

Ulug'bek G'iyosiddin Jamshid va Ali Qushchi bilan birga olib borgan tadqiqotlari natijasida  yulduzlarning joylashuvi ko'rsatilgan xaritalarni o'z ichiga olgan “Ulug‘bekning Zidji” asarini yozgan.

Samarqandda 38 yil hokimlik qilgan Ulug’bek  1447-yilda oʻz hukmronligini eʼlon qiladi.

1449-yilda Ulug’bek o’ldirilgan  bo’lib bobosi Temur yoniga dafn etilgan.

 

 

Yangiliklar