orta-osiyo-durdonasi-ozbekiston

O'rta Osiyo durdonasi O'zbekiston

O'zbekiston qadim tarixi, betakror taomlari va mehmondo'st xalqi bilan O'rta Osiyoda alohida o'rin tutadi.

11 Ekim 2021 17:19

So'nggi yillarda boshlangan iqtisodiy islohotlar va o'zgarishlar bilan Markaziy Osiyoning porloq yulduziga aylangan O'zbekiston, taxminan 35 million aholiga ega bo’lib  ushbu mintaqadagi eng ko'p aholi yashaydigan mamlakat.

Mamlakat 1991 yil 31 avgustda o'z mustaqilligini e'lon qildi. O’zbekiston o’zining ko’plab tarixiy-me’moriy yodgorliklari, mehmondo’st xalqi, bir biridan mazali taomlari bilan butun dunyodan sayyohlarni jalb qilib kelmoqda.

"Markaziy Osiyo marvaridi" sifatida tanilgan O'zbekiston tarixiy Ipak yo'lida joylashgan. Bu yerda turk va islom me'morchiligining noyob asarlari saqlab qolingan. Asrlar davomida karvonlar o'tish joylaridan biri bo'lgan O'zbekistonda betakror madrasalar, ko'k gumbazli majmualar, karvonsaroylar, masjidlar va mashhur islom olimlarining qabrlari bor.

O’zbekistonning poytaxti – Toshkent shahri Markaziy Osiyodagi eng katta shaharlardan biri bo’lib, 2009-yilda shaharning 2200 yilligini nishonladi.

Qadimiy Samarqand shahri borib ko’rish shart bo’lgan dunyodagi eng muhim shaharlardan biridir.

Ko’hna Buxoro shahrining yoshi esa 2500 da bo’lib  140 dan ortiq qadimiy me’moriy yodgorliklar saqlab qolingan Buxoro sayyohlarning eng sevimli joylaridan biridir.

Buyuk ipak yo’li davridan buyon butunlay saqlanib qolgan shahar – Xiva esa  “ochiq osmon ostidagi muzey” deb e’tirof etilgan.

O’zbekistonning  yana bir qadim shahri esa Termiz bo’lib u Amudaryo sohilining o’ng tomonida joylashgan. 

Yangiliklar