orta-osiyoning-eng-yirik-sanoat-va-madaniyat-markazlaridan-biri-toshkent

O'rta Osiyoning eng yirik sanoat va madaniyat markazlaridan biri-Toshkent

O'zbekiston poytaxti Toshkent ham tarixiy-bebaho yodgorliklarga ham

05 Haziran 2022 10:08

O‘zbekiston Respublikasining poytaxti Toshkent shahri Toshkent viloyatining markazi hisoblanadi. Markaziy Osiyoning yirik sanoat va madaniy markazlaridan biridir. Toshkent Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.

334,8 kvadrat kilometr maydonga ega bu shaharda 3 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi.
Markaziy Osiyoning eng yirik poytaxti Toshkent keng ko‘chalari, katta maydonlar va tarixiy-madaniy yodgorliklarga boy. Shaharning 30 foizdan ko'proq maydonini  yashil hududlar tashkil etadi.

Mamlakatning zamonaviy qiyofasini ifodalovchi Toshkentda turli davrlarni aks ettiruvchi tarixiy obidalar ham mavjud.

Markaziy Osiyodagi eng baland bino sifatida tanilgan Toshkent teleminorasi o‘zining qiziqarli arxitekturasi va shaharni tomosha qilish imkonini beruvchi manzara terrasi bilan eng ko‘p turistlar tashrif buyuradigan maskanlar orasidan joy olgan.
Toshkent shahrining markazida joylashgan Mustaqillik maydoni ham Toshkentning diqqatga sazovor joylaridandir.
Hatto birgina 1977 yilda ishga tushgan poytaxt metrosi ham bu shaharga tashrif buyurish uchun yetarli sababdir.
Ayniqsa, keyingi yillarda iqtisodiy islohotlar va o‘zgarishlar bilan yanada ko'rkamlashgan  O‘zbekiston poytaxti 6 ta shahar bilan “qardosh shahar” deb e’lon qilingan:
Sietl (AQSh), Shanxay (XXR), Kortrijk (Belgiya), Seul (Koreya Respublikasi), Berlin (Germaniya), Ashxobod (Turkmaniston).
2009 yilda YuNESKO qarori bilan Toshkentning 2200 yilligi keng nishonlandi.

Yangiliklar