osiyo-tinchlik-okeani-davlatlari-temir-yol-idora-rahbarlari-qirgizistonda-uchr

Osiyo-Tinchlik okeani davlatlari temir yo'l idora rahbarlari Qirg'izistonda uchrashdi

Qirg'izistonda Osiyo-Tinchlik okeani davlatlari temir yo'l transporti masalasiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi.

01 Temmuz 2022 18:30

Qirg‘iziston temir yo‘llari boshqarmasi matbuot markazi bergan bayonotga ko‘ra, Cho‘lponota shahrida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlariga kiruvchi temir yo‘l idoralarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yigʻilishda Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Gruziya, Turkiya temir yoʻl idoralari hamda Ozarbayjon logistika kompaniyasi rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.

Qirg‘iziston temir yo‘llari boshqarmasi raisi Azamat Sakiyev  o'z nutqida Osiyo-Tinch okeani mamlakatlarida yuk tashish ko‘lamini kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

Sakiyevning taʼkidlashicha, ularning har yil yigʻilishi ular temir yoʻl idoralari, logistika kompaniyalari va boshqa yoʻnalish ishtirokchilari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish uchun mavjud muammolarni hal etishda samarali platforma boʻlib xizmat qilayotganini koʻrsatadi.

Ishtirokchilar Osiyo-Tinch okeani mamlakatlarida avtomobil va temir yo‘l transportini nazarda tutuvchi xalqaro multimodal yo‘nalish bo‘yicha loyihani amalga oshirish natijalarini muhokama qildilar.

Tadbir yakunida “Osiyo-Tinch okeani mamlakatlari-Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston-Turkmaniston-Ozarbayjon-Gruziya-Turkiya-Yevropa” multimodal yo‘nalishini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini aks ettiruvchi bayonnoma imzolandi.

Yangiliklar