29 Mart 2021 17:20
Tatariston Respublikasi - Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. U Sharqiy Evropa tekisligining sharqiy qismida joylashgan. Maydoni 68 ming kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Aholisi 4 million786 mingdan ko’proqdir. Volga daryosi Tatariston hududini o'ng va chap qirg'oqlarga ajratadi. O'ng qirg'oqni Volga tepaligining shimoliy qismi, chap qirg'oqni esa Kama daryosi vodiysini kesib o'tgan Volga tekisligi egallaydi. Janubi-sharqda Bugulma-Belebey tepaligi joylashgan.
Ma'muriy markazi Qozon shahri. U Volganing chap qirg'og'ida, Kazanka daryosining quyilish qismida joylashgan. Tatariston aholisining aksariyat qismi tatarlar (53%) va ruslar (39,7%)dan iborat. Tatarlar - Markaziy Osiyoda yashovchi eng qadimgi xalqlardan biri. Ular 922 yilda Islomni qabul qildgan.
Tatariston tabiiy resurslarga boy
Tataristonda yiliga 32 million tonna neft qazib olinadi. Mashinasozlik, metallurgiya zavodlari, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Mamlakat poytaxti Qozon ajoyib shahar. Bu turli millat vakillari birgalikda yashaydigan bir necha madaniyatlarning kesishgan nuqtasidir. Shaharning noyob me'morchiligi, mehmondo'st shahar aholisi, ko'chalarning qoq markazida joylashgan noyob yodgorliklar kishida katta taassurot qoldiradi. Daryolar, yam-yashil o'simliklar insonga zavq bag'ishlaydi. Toza yo'llar va bog'larning mo'lligi kishini lol qoldiradi.
Hech qanday tirbandlik yo'q
Qozon yurish uchun qulay shahar. Chunki shaharning eng chekka qismiga yarim soatda yetib borish mumkin. Ushbu shahar aholisi hatto avtomobildan ham ko2p foydalanmaydi. Odamlar ertalab parklarda mashq qilishni, velosiped haydash yoki shunchaki sayr qilishni xush ko’rishadi.
Mashhur Baumana ko'chasi
Baumana ko'chasi Qozonning yuragi deb nomlanadi. Ko'cha bo'ylab turli xil mahsulotlar sotadigan do'kon, kafe va restoranlar mavjud.
Odamlar gavjum bo'lgan Baumana ko'chasi har doim musiqachilarning o'z iste'dodlarini namoyish etish uchun mashhur joy bo'lib kelgan. Bu ko’chada tatar xalq musiqasidan tortib tajribali guruhlarga qadar har kuni o'z qo'shiqlarini ijro etadigan ajoyib iste'dodlar ko'p. Bu joy Istanbuldagi eng mashhur Istiqlol ko'chasiga o'xshaydi.
Musiqachilardan tashqari, bu ko'chada rassomlari, illyuzionistlar, sportchilar va masxarabozlar o'zlarining iste'dodlarini namoyish etish orqali qo'shimcha mablag’ topishga harakat qilishadi.
Qul-Sharif masjidi
Qozon shahridagi eng mashhur binolardan biri bu Qul-Sharif masjididir. Masjid Qozon Kreml hududida joylashgan.
XVI asrda, rus qo'shinlari Qozonga kirganda, tatar xalqi ularga qattiq qarshilik ko'rsatdi. O'sha paytda Tatar armiyasiga boshchilik qilgan Qul Sharif ismli taniqli diplomat va davlat arbobi shahid bo’ladi. Masjid uning nomi bilan ataladi.
Asrlar o'tib, tatarlar masjidni qayta qurishni boshladilar va 2005 yilda bino qad rostladi.