otaturk-madaniyat-markazida-lazgi-muhabbat-va-qalb-raqsi-namoyishi-otkazildi

Otaturk Madaniyat markazida "Lazgi-muhabbat va qalb raqsi" namoyishi o'tkazildi

O'zbekiston San'at va Madaniyatni rivojlantirish jamg'armasi tomonidan tashkil etilgan "Lazgi-muhabbat va qalb raqsi" balet namoyishi Otaturk Madaniyat markazida o'tkazildi

24 Haziran 2022 11:53

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrining balet truppasi tomonidan rejissyor xoreograf Raymondo Rebek tomonidan sahnalashtirilgan “Lazgi-qalb va muhabbat raqsi” Turkiyada  namoyish etildi.

2021-yil 5-sentabr kuni Toshkentda premyerasi bo‘lgan  ushbu balet  namoyishi 60-Xalqaro Bursa festivali dasturi doirasida 28-29-iyun kunlari Merinos Otaturk Kongress va madaniyat markazida ham  ijro etiladi.

Ushbu balet namoyishi O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova boshchiligidagi raqsshunos olimlar, tarixchi olimlar, O‘zbekiston xalq artistlari hamda xoreograf Gulnora Musayeva bilan hamkorlikda tayyorlangan.

Tomoshabinlar Xorazm raqsining yangi talqinini ko‘rish va o‘zbek xalqining an’analari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

 

Yangiliklar