oxirgi-24-soat-ichida-o-zbekistonda-koronavirus-holatlari-soni-111-taga-kopayga

Oxirgi 24 soat ichida O’zbekistonda koronavirus holatlari soni 111 taga ko'paygan

O’zbekistonda kunlik koronavirus holatlari soni oradan 3 oy o'tib yana 100 tadan oshgan

15 Mart 2021 15:07

O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligining ma'lumotlariga ko'ra, oxirgi 24 soat ichida O’zbekistonda koronavirus holatlari soni 111 taga ko'paygan.

Eslatib o’tamiz, O’zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning bir kunlik soni so‘nggi bor 2020-yilning 24-dekabr kuni 100 kishidan oshgan edi.

Shunday qilib, umumiy holatlar soni 80 ming 678 taga yetgan bo'lsa, ushbu virusni yengib sog’ayib ketganlar soni 89 taga ko'payib, 79 ming 331 kishiga yetgan.

Toshkent shahrida 93 yangi holat aniqlangandan so'ng, mazkur shaharning barcha tumanlari, mahallalari, ish joylari, ta’lim maskanlari, bozorlar va savdo markazlari, jamoat transportlarida amaldagi karantin tartib-qoidalariga to‘liq rioya qilinishini ta’minlash maqsadida qat'iy nazorat o’tkazishga qaror qilindi.

Hozirda jamoat transporti haydovchilarining har kuni isitmasini o'lchash va jamoat transportiga niqobsiz yo'lovchilarni kiritmaslik to'g'risida qaror qabul qilingan.

O'zbekistonda Kovid-19 bilan kasallangan 725 kishining muolajasi davom etar ekan, shu kungacha 622 kishi ushbu virus tufayli hayottan ko’z yumgan.

Yangiliklar