ozarbayjon-adabiyoti-muzeyi

Ozarbayjon Adabiyoti muzeyi

Bokudagi muzeydan yetuk ozarbayjonlik adiblarning asarlari joy olgan.

10 Temmuz 2022 10:51

Muzeyning 30 ta asosiy va 10 ta qoʻshimcha zallarida 3000 dan ortiq qoʻlyozma, nodir kitoblar, portret va esdalik buyumlari ko'rgazmaga qo'yilgan.

Bu yerda Nizomiy tomonidan 1413 yilda yozilgan "Iskandarnoma" ham saqlanadi.

Muzey binosi 1850 yilda bir qavatli karvonsaroy sifatida qurilgan.

Keyingi yillarda binoning boshqa qavatlari qurildi.

Bino Ozarbayjon siyosiy tarixida muhim o'rin tutadi.

1918 yilda tashkil etilgan Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumati aynan shu binoda yig‘ilgan edi.

1939-yilda muzeyga aylantirilgan binoning tashqi tomonida Ozarbayjon adabiyotining 6 nafar taniqli namoyandalari: Fuzuliy, Mulla Panoh Voqif, Mirzo Fetali Oxundov, Hursud Banu Natevan, Jalil Mehmedkuluzoda va Jafer Kabbarli haykallari mavjud.

Yangiliklar