ozarbayjon-milliy-tasviriy-sanat-muzeyi

Ozarbayjon milliy tasviriy san'at muzeyi

Mazkur markaz Ozarbayjondagi eng yirik san'at muzeyidir

23 Nisan 2022 10:58

Ozarbayjon milliy tasviriy sanʼat muzeyi shahar markazida Niyoziy koʻchasida joylashgan.

Muzey 1936-yilda tashkil etilgan boʻlib, 1943-yilda mashhur Ozarbayjon teatri rassomi Rustam Mustafoyev nomi bilan atalgan.

19-asrda qurilgan va ikkita binodan tashkil topgan muzey 1885 yilda qurilgan "De Bur saroyi" va 1895 yilda qurilgan "Mariinski qizlar o'rta maktabi" dan iborat.

Birinchi binoda joylashgan G'arbiy Yevropa san'at kolleksiyasi mashhur fransuz, golland, nemis va polshalik rassomlarning asarlarini o'z ichiga oladi.

Ikkinchi bino Sharq sanʼatiga bagʻishlangan boʻlib, bu yerda Eron, Turkiya, Xitoy va Yaponiya sanʼati namoyish etilgan.

Muzeyda 15 000 dan ortiq asarlar namoyish etilmoqda, biroq ulardan atigi 3 000 tasi doimiy namoyish etşadi, qolgan 12 000 tasi esa muzey omborlarida zamonaviy sharoitlarida saqlanmoqda.

Muzey dushanbadan tashqari har kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha ochiq.

Yangiliklar