ozarbayjon-mugom-sanati

Ozarbayjon mug'om san'ati

Mug‘om-og‘zaki ijodga asoslangan mumtoz musiqasining janrlaridan biridir.

26 Haziran 2022 11:48

Mug‘om so‘zi arabcha “maqom” so‘zidan olingan.

Ozarbayjon musiqasining yettita asosiy mug'omi mavjud.

Bular: “Rast”, “Shur”, “Segah”, “Shushter”, “Chahargah”, “Bayatı- Shiraz”, “Humoyun”dir.

Ular ohang tuzilishi va tovushi jihatidan bir-biridan farq qiladi.

Taniqli san’atshunos Uzeyir Xojibekov “Ozarbayjon xalq musiqasi asoslari” asarida mug‘omlarning ta’siri haqida quyidagicha fikr bildirgan:

““Rast” – tinglovchining mardlik va faollik tuyg‘usi, “shur” – bayramona, lirik kayfiyat, “segah” – muhabbat tuyg‘usi, “shushter” – qayg‘u, “chahargoh” – hayajon va ishtiyoq, “bayati -shiroz" –g’am, "Humoyun" – nadomad  va chuqur qayg'u  hissini ifodalaydi”.

Klassik sharq mug‘omlari dastlab 12 tur va 6 qismdan iborat bo‘lgan.

Mugʻom vokal-instrumental yoki faqat cholgʻu ansamblida toʻliq yoki qismlarga boʻlib ijro etiladi.

To'liq mug'om to'plamini amalga oshirish uchun xonanda mug'om uchligi jo'rligida ijro etadi.

2002 yilda mug'om san'ati YuNESKO tomonidan "Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro'yxatiga" kiritilgan.

Yangiliklar