ozarbayjon-qurolli-kuchlari-harbiy-mashgulotida-turkiyada-ishlab-chiqarilgan-ba

Ozarbayjon qurolli kuchlari harbiy mashg'ulotida Turkiyada ishlab chiqarilgan Bayraktar uchuvchisiz qurolli samolyotlaridan foydalanilmoqda

Bayraktar uchuvchisiz qurolli samolyotlariga dushmanni topish va nazorat punktlariga ma'lumot yetkazib berish kabi vazifalar yuklangan

16 Mart 2021 23:42

Ozarbayjon armiyasi harbiy mashg’ulot o'tkazmoqda. Mashqlar 18 mart kuni yakuniga yetadi.

Mazkur mashqlarda 10000 ta askar  ishtirok etayotgan bo’lib, unda 100 ta tank, 30 ta harbiy samolyot va Turkiyada ishlab chiqarilgan Bayraktar uchuvchisiz qurolli samolyotlaridan foydalanilmoqda.

Bayraktar uchuvchisiz qurolli samolyotlariga dushmanni topish va nazorat punktlariga ma'lumot yetkazib berish kabi vazifalar yuklangan.

Ozarbayjon Respublikasi Mudofaa vazirligi Ozarbayjon armiyasi operativ-taktik reja asosida urushga tayyorgarlik ta’limini olganligini bildirdi.

 

Yangiliklar