ozarbayjonda-navroz-nishonlanmoqda

Ozarbayjonda Navro'z nishonlanmoqda

Bahor elchisi Navro'z bayrami Ozarbayjonda ham katta shukuh bilan nishonlanmoqda.

21 Mart 2022 11:45

Ozarbayjonda Navro‘z keng nishonlanmoqda. Tadbirlarda qiziqarli milli qahramon obrazlarining hamda xalq o‘yinlari jamoalarining musiqa va raqs chiqishlari tomoshalarga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Icherishehir maydonida Navro‘z olovi yoqildi, yig‘ilganlar gulxan atrofida to‘planib, namoyishlarni qiziqish bilan tomosha qildi.

Navro‘z bayrami munosabati bilan 28-martgacha dam olish kuni deb e’lon qilingan ushbu mamlakatda bayram tadbirlari davom etmoqda.

Ozarbayjonda Navro'z an'analari

Ozarbayjonliklar Navro'zni turli an'anaviy urf-odatlar bilan nishonlaydilar.

Bir oy oldin Navro'z bayramini nishonlay boshlagan ozarbayjonliklar suv, olov, shamol va tuproq chorshanbasi deb ataladigan kunlarni ham nishonlaydilar.

Ozarbayjonda olovdan sakrash va  bu  jarayonda “og‘irligim ortda qoldi” deyish, tuxum bo‘yash, xo‘roz urishtirish Navro‘z an’analaridan hisoblanadi.

Yangiliklar