ozarbayjonning-atoqli-sanatkori-vakif-mustafozoda

Ozarbayjonning atoqli san'atkori Vakif Mustafozoda

V.Mustafozoda Ozarbayjon musiqasida chuqur iz qoldirgan.

02 Temmuz 2022 10:13

Vaqif Aziz oʻgʻli Mustafozoda 1940-yil 16-martda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida tugʻilgan.

1963 yili Boku Asaf Zeynalli nomidagi davlat musiqa litseyini tamomlagan Mustafozoda “Orero” ansamblida “Kavkaz” jaz triosi, “Leyla” va “Sevil” ayollar vokal-instrumental va mug‘om cholg‘u ansambllariga rahbarlik qilgan.

U qator xalqaro jazz tanlovlari va festivallarida birinchi o'rinni egalladi ("Tallin-66", "Tbilisi-78", Monte-Karlo).

Shuningdek, Vakif Mustafozoda  bir qancha jazz kompozitsiyalari va pyesalar, fortepiano va simfonik orkestr uchun mug‘om simfoniyasini yozgan.

Mustafozoda 1979-yil 16-dekabrda Toshkentda gastrol safari chog‘ida yurak xurujidan vafot etdi.

Vaqif Mustafozoda jahonga mashhur jazz xonandasi Aziza Mustafozodaning otasi edi.

Yangiliklar