ozarbayjonning-chavandoz-ayoli-elvina-valesheva

Ozarbayjonning chavandoz ayoli-Elvina Valesheva

Valesheva Elvina Qorabog' ot sporti klubida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

19 Haziran 2022 14:11

Istanbuldagi Otaturk aeroportida Butunjahon etnosport konfederatsiyasi tomonidan tashkil etilgan 5-Etnosport festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Festivalda 56 davlatdan 5 mingdan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.

An’anaviy sport turlarini e’zozlash va kelajak avlodlarga yetkazishni maqsad qilgan festivalda Ozarbayjondan “Qorabog‘” ot sporti jamoasi ham  ishtirok etmoqda.

Ularning ot ustidagi tomoshalarini   ko’pchilik katta qiziqish bilan tomosha qilindi.

Terma jamoadagi eng yetuk chavandozlardan biri esa-Valesheva Elvina.

Uning ta’kidlashicha, ot uning hayotida alohida ahamiyatga  ega.

“Bolaligimdan otlarni yaxshi ko‘raman, ularga mehr bilan munosabatda bo‘laman.

Men ot minishdan zavqlanaman. Menga, ayniqsa, qorabog‘ otlari yoqadi.

Biz turli davlatlarda jamoamiz bilan namoyish o’tqazamiz. Meni hayajonga soladigan narsa esa  bu xorijiy davlatlarda vatanim bayrog'ini ko’tarishdir”, - deydi Valesheva Elvina.

Yangiliklar