ozarbayjonning-shafaq-asiman-konidan-tabiiy-gaz-zahiralari-topilgan

Ozarbayjonning Shafaq-Asiman konidan tabiiy gaz zahiralari topilgan

Shafaq-Asiman konida 7189 metr chuqurlikda tabiiy gaz zahiralari va kondensat zaxiralari borligi aniqlandi

24 Mart 2021 18:34

SOCAR Ozarbayjon davlat neft kompaniyasining xabar berdishicha Shafaq-Asiman neft konida 7189 metr chuqurlikda tabiiy gaz zahiralari va kondensat zaxiralari topilgan.

Xabarda aytilishicha, gaz zaxiralarining to'liq hajmini aniqlash uchun qo'shimcha burg'ulash ishlari olib boriladi.

Shafaq-Asiman  neft koni Ozarbayjon poytaxti Bokudan janubi-sharqda 125 kilometr uzoqlikda joylashgan. U 1100 kvadrat metr maydonni egallaydi.

Burg'ilash ishlari Ozarbayjonning SOCAR kompaniyasi va British Petroleum tomonidan birgalikda amalga oshirildi.

SOCAR va British Petroleum kompaniyasi 2010 yilda Shafaq-Asimanda hamkorlik qilish to'g'risida bitim imzoladilar.

Yangiliklar