ozarbayjonning-shusha-shahri-2023-turk-dunyosining-madaniyat-poytaxti-deb-elo

Ozarbayjonning Shusha shahri "2023 Turk Dunyosining Madaniyat poytaxti" deb e'lon qilindi

Xalqaro Turk Madaniyati tashkiloti Madaniyat Vazirlari Doimiy Kengashida Ozarbayjonning Shusha shahri "2023 Turk Dunyosining Madaniyat poytaxti" deb e'lon qilindi

03 Nisan 2022 11:40

Turkiyaning Bursa shahrida TURKSOY Madaniyat vazirlari Doimiy kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Ozarbayjonning Shusha shahri 2023-yilda “Turk dunyosi madaniyat poytaxti” deb e’lon qilindi.

Qirg‘izistonlik yozuvchi va dramaturg Sulton Rayev TURKSOY turkiy tilli xalqlar madaniyati xalqaro tashkiloti bosh kotibi etib tayinlandi.

 Bu qaror TURKSOYning Turkiyaning Bursa shahrida boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari yigʻilishida eʼlon qilindi.

Sulton Rayevning nomzodi TURKSOYga aʼzo davlatlar madaniyat vazirlari qarori bilan tasdiqlangan.

Sulton Rayev bu lavozimda 2025 yilgacha ishlaydi.

Yig‘ilish yakunida so‘zga chiqqan Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdi.

U Turk dunyosidan kelgan mehmonlarni Bursada mehmon qilish Turkiya uchun katta sharaf ekanini ta’kidladi.

O‘z navbatida, u 2022-yilda Bursa shahrida bir qator madaniy tadbirlar o‘tkazilishini qo‘shimcha qildi.

Shuningdek, u TURKSOYning sobiq rahbari Dyusen Kaseinovga minnatdorchilik bildirdi.

“Janob Kaseinovga TURKSOY doirasida turk madaniyati va san’atini tushunish, asrab-avaylash va targ‘ib qilish, qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun minnatdorchilik bildiraman”, — dedi u.

Vazir Ersoy qirg‘iz xalq yozuvchisi va dramaturgi Sulton Rayevni TURKSOY xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti Bosh kotibi etib tayinlangani bilan tabriklab, faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Yig‘ilish yakunida TURKSOY madaniyat vazirlari Kaseinovga estalik uchun sovg‘a topshirdilar.

Yangiliklar