26 Haziran 2021 11:33
Dunyoga mashhur o'zbek milliy raqslari orasida, ayniqsa Andijon, Samarqand, Farg'ona, Toshkent, Buxoro va Xorazm raqslari o’ziga xos ritmi va xoreografiyasi bilan ajralib turadi
Xorazm milliy raqsi bo’lmish "Lazgi" o'zbek madaniyatida muhim o'rin tutadi.
Lazgi xalq kuyi va raqsidan iboratdir. Kuy kirish qismi va 3 asosiy qismdan iborat.
Lazgi sekin, yumshoq ohang bilan boshlanadi keyinroq esa jonlanib tezlashadi. O’z navbatida raqs harakatlari ham bunga mos ravishda sodda harakatlar bilan boshlanib, murakkab harakatlar bilan davom etadi.
Lazgi raqsi barmoqlar, bilaklar, yelkalar, qo'llar, oyoqlar ya’ni butun tana harakatlarini o'z ichiga oladi.
Bugungi kunda lazgi raqsining "Kayroq lazgi", "Dutor lazgi", "Surnay lazgi" kabi 9 turi mavjud.
Bundan tashqari, yigirmanchi asrning o'rtalaridan boshlab lazgi kuyi asosida ko'plab qo'shiqlar ham yaratilgan.
2019 yil 12 dekabr kuni YuNESKOning nomoddiy madaniy meros qo'mitasining 14-sessiyasida O'zbekistonning Xorazm Lazgisi YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan.