ozbekiston-istiqlolining-30-yilligiga-bagishlangan-mustaqillik-monumenti

O'zbekiston istiqlolining 30 yilligiga bag'ishlangan Mustaqillik monumenti

Mustaqillik monumenti o'zbek xalqining 3 ming yillik tarixini aks ettiradi

02 Eylül 2021 18:33

O'zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlangan bayram bu yil turk dizayner Sinan Turaman tomonidan loyihalashtirilgan va turk kompaniyalari tomonidan qurilgan Mustaqillik monumenti yonida o'tkazildi. Ushbu monument Toshkent viloyatidagi Yangi O'zbekiston bog'ida joylashgan.

S. Turaman tomonidan yaratilgan Mustaqillik yodgorligi o'zbek xalqining 3000 yillik tarixini aks ettiradi. Yodgorlikning old va orqa tomonida buyuk shaxslarning haykallari, shu jumladan Temuriylar asoschisi Amir Temur, algebra va algoritmning otasi Al-Xorazmiy va Temuriylar imperiyasining 4-sultoni Ulug’bek, buyuk tip olimi Ibn-Sino, buyuk shoir Alisher Navoiy haykali ham joy olgan. Yodgorlikning eng  yuqori qismida O'zbekiston gerbidan ham o’rin olgan Huma qushi tasvirlangan.

60 metr balandlikdagi Mustaqillik monumentidagi uchta devorda bu tuproqlardagi uch uyg'onish davri: birinchi devorda IX-XII asr,  ikkinchi devorda XIV-XV  asr va uchinchi devorda hozirgi yangi islohatlar davri aks ettirilgan.

Sinan Turaman ushu monument haqida

Sinan Turaman, O'zbekistonning eng muhim asarlaridan biri bo'lgan va mamlakat mustaqilligini aks ettiruvchi Mustaqillik monumentini loyihalaganidan faxrlanishini aytdi.

S. Turaman, ular Sh. Mirziyoyevning taklifi bilan  balandligi 60 metr bo'lgan bu yodgorlikni qariyb 500 kishi bilan 64 kunda qurganliklarini bildirdi.

Turaman, "Umumiy maydoni 1 million kvadrat metr bo'lgan bog'ning yuragi deb atash mumkin bo'lgan Mustaqillik monumentini qurganimizdan faxrlanamiz",-dedi.

S. Turaman, yodgorlikdagi elementlar mamlakat tarixi haqida  xronologik tartibda hikoya qilishini aytgan.

Aytishimiz mumkinki, bu yodgorlik O'zbekiston haqida qisqacha ma'lumot". iborasini ishlatgan.

S. Turaman loyihalash jarayonida  - Xiva, Buxoro, Samarqand, Termiz va Toshkentda ko'rish mumkin bo'lgan motiflar, naqshlar va elementlardan foydalanganligini ta'kidladi. 

Shuningdek, Turkiyadagi 15 iyul shahidlari yodgorligi, Yassiada muzeyi va Usmoniye shahridagi shahidlar yodgorligini ham loyihalashtirganini eslatgan S.Turaman, "Biz 60 metrli monumentni barpo etish uchun 64 kun kecha-kunduz juda qattiq ishladik",- degan.

Mustaqillik monumentining ochilishi

Toshkent viloyatida joylashgan ushbu monument 31-avgust  kuni tantanali marosimi bilan ochildi. Marosimda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, davlat rasmiylari,  mehnat faxriylari va jamoat faollari ishtirok etishdi.

Sh. Mirziyoyev yodgorlik O'zbekistonning qadimiy tarixidan to hozirgi kungacha bo'lgan eng muhim voqealarni, tarixdagi buyuk shaxslarni aks ettirishini ta'kidladi.

U uchinchi uyg'onish davri poydevori bo'lgan yangi O'zbekistonni yaratish g'oyasiga muvofiq qurilgan bu noyob yodgorlikning ahamiyatga e'tibor qaratdi.

Mirziyoyev shunday dedi: "Milliy davlatimizning ramzi bo'lgan Amir Temur qabrining ko'k gumbazi, yulduzlarni kuzatayotgan Ulug'bek rasadxonasi, va boshqa jahon ilm -faniga beqiyos hissa qo'shgan buyuk mutafakkirlarning eng qimmatli ilmiy asarlari aks ettirilgan Mustaqillik monumenti bizning jasur, tinchliksevar, mehnatkash, qahramon xalqimiz sharafiga qo'yilgan ulug' yodgorlkdir",- dedi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Yangiliklar