ozbekiston-qirgizistonda-maktab-qurdirdi

O'zbekiston Qirg'izistonda maktab qurdirdi

O'zbekiston Qirg'izistonda 330 o'quvchiga mo'ljallangan maktab qurdirdi.

03 Nisan 2022 11:21

Maktabning ochilish marosimida Qirg‘iziston Vazirlar Kengashi raisi Akikbek Japarov va O‘sh shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lgan O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Qripov ishtirok etdi.

Japarov o‘z nutqida:

“Ikki davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik rivoji ko‘p yillik qardoshlik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari samarasidir.

 Botken viloyati O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati bilan chegaradosh va biz o‘zaro hamkorlikni kengaytirish  tarafdorimiz.

Bugungi tadbir birodarlik rishtalarimiz yanada mustahkamlanib, rivojlanib borayotganidan dalolatdir” — dedi va taʼlim muassasasi qurilishiga qoʻshgan hissasi uchun Oʻzbekistonga minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston Bosh vaziri A. Oripov ikki qardosh xalq o‘rtasidagi do‘stlik bunday tadbirlar bilan mustahkamlanib borayotganini alohida ta’kidlab, Qirg‘izistonga tinchlik va farovonlik tiladi.

Yangiliklar