ozbekiston-va-ozarbayjon-strategik-sheriklikni-kuchaytiradi

O'zbekiston va Ozarbayjon strategik sheriklikni kuchaytiradi

O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti I. Aliyev ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar.

22 Haziran 2022 11:10

Toshkentga rasmiy tashrif bilan kelgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev rasmiy marosim bilan qarshi olindi.

Marosimdan soʻng Sh. Mirziyoyev va I. Aliyev oʻrtasida yakkama-yakka va delegatsiyalararo uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda prezidentlar mamlakatlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, sanoat, neft-gaz, kimyo, toʻqimachilik, qurilish, oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda Sh. Mirziyoyev Ozarbayjon Oʻzbekistonning yaqin doʻsti va ishonchli strategik hamkori ekanini taʼkidlab, ikki davlatning tili, dini, anʼana va madaniyati mushtarak ekanini taʼkidladi.

Sh. Mirziyoyev mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro manfaatlarga asoslangan hamkorlik yuksak bosqichga koʻtarilib, mamlakatlar oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro hamjihatlik mustahkamlanib borayotganini taʼkidlab, Oʻzbekiston-Ozarbayjon strategik sherikligini yanada kengaytirish va uni yangi huquqiy va madaniy-gumanitar sheriklik munosabatlari bilan boyitish niyatida ekanliklarini bildirdi.

Bu tashrif mamlakatlar o‘rtasidagi qardoshlik va do‘stona munosabatlar mustahkam poydevorga asoslanganining isboti ekanini ta’kidlagan I.  Aliyev:

 “Bugun O‘zbekiston Prezident Mirziyoyev rahnamoligida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi.

O‘zbekiston Sh. Mirziyoyev rahnamoligida  qanday ulkan yutuqlarga erishganini bilish uchun so‘nggi 5-6 yildagi statistik raqamlarga nazar tashlashning o‘zi kifoya”,-dedi.

Boku-Tbilisi-Kars temir yo'lidan foydalanish yuzasidan kelishib olindi

Uchrashuvda davlat rahbarlari  qoʻshma loyihalarni amalga oshirish va uchinchi davlatlarga eksport hajmini oshirish muhimligini taʼkidlab, transport yoʻlaklaridan foydalanish va ushbu sohadagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida transport vazirlari raisligida ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar.

Bu Boku-Tbilisi-Kars temir yo'li va tranzit o'tishlari bilan bog'liq to'siqlarni bartaraf etishda katta ahamiyat kasb etadi.

Uchrashuvda prezidentlar ikki mamlakat poytaxtlari va yirik shaharlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga va shu doirasida joriy yilda Toshkentda birinchi mintaqaviy biznes-forum va sanoat yarmarkasini tashkil etishga kelishib oldilar.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti I. Aliyev ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar.

 Shuningdek, ikki mamlakat oʻrtasida mintaqalararo hamkorlik, sanoat, avtomobil transporti, noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashish, harbiy, harbiy-texnikaviy va turizm kabi sohalarda 18 ta shartnoma imzolandi.

 

Yangiliklar