ozbekiston-va-qirgiziston-chegaradagi-muammolarni-yaqin-uch-oy-ichida-hal-qil

O'zbekiston va Qirg'iziston chegaradagi muammolarni yaqin uch oy ichida hal qilish yuzasidan kelishib oldi

Qirg'iziston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi Galina Bayterek Prezident Sadir Japarovning O'zbekistonga davlat tashrifi natijalarini sharhladi

13 Mart 2021 19:14

Qirg'iziston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi Galina Bayterek Prezident Sadir Japarovning O'zbekistonga davlat tashrifi natijalarini sharhladi.

Uchrashuvlarda Qirg'iziston-O'zbekiston chegarasi masalasi ham muhokama qilindi. Ikki davlat o‘rtasida chegaradagi muammolar yaqin uch oy ichida hal qilinishi aytildi. Davlat chegarasini huquqiy ro'yxatdan o'tkazishni yakunlash chegara hududlarida barqarorlikni mustahkamlaydi va ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishiga yangi turtki beradi.

Yaqin kelajakda davlat chegarasidagi yettita nazorat-o'tkazish punktining ishi tiklanishi ma'lum bo'ldi.

Chegara nizolarini bartaraf etish uchun har ikki tomon bir-biri bilan yer almashadi. Bu yechimni avvalroq Qirg’izistondagi rasmiylar ham ilgari surgan.

Qirg'iziston tomoni Qirg'iziston hududida joylashgan So'xga transport va havo yo'llarini ochishga tayyor ekanligini bildirdi. Bu yerning aholisi chegarani kesib o'tishlari mumkin bo’ladi.

Davlat chegaralarini delimitatsiya qilish bo'yicha qolgan nizolarni o'zbekistonlik hamkasblari bilan bir necha bor uchrashgan maxsus qirg’iz komissiya hal qiladi.

Ungar tog'i Qirg'iziston va O'zbekiston chegarasida, Jalolobod viloyatining Oqsi tumanida joylashgan.

Bu yerda Qirg'izistonga tegishli RRS-24 "Kerben"  stantsiyasi mavjud.

2016 yilda o'zbek vertolyoti Ungar tog'iga kutilmaganda qo'ngan va bu Qirg'izistonda noroziliklarni keltirib chiqargan edi.

Yangiliklar