ozbekiston-va-qirgiziston-davlat-rahbarlari-savdo-aylanmasi-hajmini-ikki-barob

O'zbekiston va Qirg'iziston Davlat rahbarlari savdo aylanmasi hajmini ikki barobar ko‘paytirish yuzasidan kelishib oldilar

Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi

11 Mart 2021 23:13

O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Ko‘ksaroy qarorgohida uni kutib olish uchun rasmiy marosimi bo‘lib o’tdi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovni samimiy tabrik etdi.

Dastlab davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari o’tqazildi. Shundan keyin Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov muzokaralarni ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida davom ettirgan.

Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, so‘nggi to‘rt yilda o‘zaro savdo besh barobardan ziyodga o‘sgan va 900 million dollardan oshgan. Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va savdo aylanmasi hajmini ikki barobar ko‘paytirish yuzasidan kelishib oldilar.

Shuningdek, iqtisodiyot sohasida aniq loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi shu jumladan, Qirg‘izistonda yengil avtomobillar, qishloq xo‘jaligi texnikalari, maishiy texnikalarni yig‘ishni tashkil etish qo’shma loyihasiga to’xtalib o’tildi. Transport sohasini rivojlantirish ham O‘zbekiston va Qirg’iziston hamkorligining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bu tashqi bozorlarga chiqishni qulaylashtiradi.

 

 

Yangiliklar