ozbekiston-va-turkmaniston-ortasida-strategik-hamkorlik-kuchaytiriladi

O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasida strategik hamkorlik kuchaytiriladi

O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti S. Berdimuhammedov ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik va strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va mustahkamlash to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.

15 Temmuz 2022 19:48

Toshkentga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkmaniston Prezidenti S. Berdimuhammedov  Ko’ksaroy qarorgohida rasmiy marosim bilan qarshi olindi.

Marosimdan soʻng Sh.  Mirziyoyev va  S. Berdimuhammedov oʻrtasida ikki tomonlama va delegatsiyalararo uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Suhbat chog‘ida davlat rahbarlari savdo-iqtisodiy, neft-gaz, energetika, kimyo, avtomobilsozlik, elektronika, to‘qimachilik, farmatsevtika, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Ikki mamlakat xalqlarining tarixi, dinlari, tillari, urf-odatlari va an’analari mushtarakligi O‘zbekiston – Turkmaniston hamkorligining mustahkam poydevorini tashkil etishi ta’kidlandi.

Uchrashuvda Mirziyoyev ushbu tashrif ikki mamlakat xalqlari oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlariga e’tibor qaratdi.

Ushbu tashrif O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlari tarixida yangi sahifa ochishini ta’kidlagan Mirziyoyev:

“Bu munosabatlar asosini azaliy do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va qo‘llab-quvvatlash tashkil etadi.

Biz uchun Turkmaniston mintaqadagi muhim hamkorimiz. Biz keng ko‘lamli hamkorligimizni yanada rivojlantirishga qat’iy qaror qildik.

Eng yaqin qo‘shnimiz bilan strategik sherikligimizni har tomonlama mustahkamlashni maqsad qilganmiz”,-dedi.

“Biz O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirish tarafdorimiz”

S. Berdimuhammedov o‘tgan davrlarda ikki tomonlama munosabatlarning asosi tashkil etilgani va mustahkamlangani  eslatib:

 “Ushbu tashrif strategik sheriklik darjasini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan va biz belgilangan maqsadlarga erishamiz, deb ishonaman.

Biz O‘zbekiston bilan hamkorlikni davom ettirish va kengaytirish tarafdorimiz”,-dedi.

Shuningdek, u  ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi, energetika, neft-gaz, kimyo, to‘qimachilik, mashinasozlik va farmatsevtika sanoati kabi sohalarda hamkorlik qilish uchun katta salohiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Muzokaralar yakunida Sh. Mirziyoyev va S. Berdimuhammedov Oʻzbekiston bilan Turkmaniston oʻrtasidagi har tomonlama hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini, shuningdek, transport va avtomobil yoʻllari, turizm, suv resurslaridan birgalikda foydalanish, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy aloqalarni yanada chuqurlashtirish va mustahkamlashni nazarda tutuvchi qoʻshma bayonotni imzoladilar.

Ikki davlat oʻrtasida kimyo sanoati, tashqi ishlar, bojxona, temir yoʻl, muzeylar, adliya, yoshlar siyosati va mintaqalararo hamkorlik kabi  sohalarda jami 19 ta shartnoma imzolandi.

Yangiliklar