ozbekiston-xalqaro-turk-akademiyasining-kuzatuvchi-azosiga-aylandi

O'zbekiston Xalqaro Turk Akademiyasining kuzatuvchi a'zosiga aylandi

O'zbekiston Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston va Turkiya a'zoligi bilan tashkil etilgan Xalqaro Turk Akademiyasining kuzatuvchi a'zosiga aylandi

25 Haziran 2022 15:39

Qozog‘iston poytaxti Nursulton shahridagi Xalqaro Turk Akademiya binosi oldida O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Akademiyaga aʼzo davlatlarning taʼlim vazirlari va elchilari ishtirok etgan marosimda Oʻzbekiston Xalqaro Turk Akademiyasining kuzatuvchi aʼzosiga aylandi.

Shunday qilib, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkiya aʼzoligida tashkil etilgan Xalqaro Turk Akademiyasida Oʻzbekiston kuzatuvchi  davlat boʻldi.

O‘zbekistonning Nursultondagi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev O'zbekiston o‘tgan yilning noyabr oyida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lganini eslatib:

“Bu yil O‘zbekiston Turkiy Davlatlar Tashkiloti Davlat rahbarlari sammitiga ilk bor mezbonlik qiladi”, - dedi.

O'zbekistonning TURKPAda ham kuzatuvchi maqomiga ega ekanligini eslatgan Niyozxo’jayev:

“Bu O‘zbekistonning turkiy tilli davlatlar bilan integratsiyalashuv jarayonida faol ishtirok etayotganidan dalolatdir”, — dedi.

Yangiliklar