23 Ekim 2021 18:03
35 milliondan ortiq aholiga ega O‘zbekistonda mamlakat bo‘ylab o‘rnatilgan 10 ming 760 sandiqda 21 million 266 ming saylovchi yangi prezidentni saylash uchun ovoz beradi.
Prezidentlikka nomzodlar esa quyidagilardir:
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod hozirgi davlat rahbari – Shavkat Miromonovich Mirziyoyevdir.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – Maksuda Azizovna Varisova.
O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – Narzullo Naimovich Oblomuradovdir.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – Alisher Keldiyevich Qodirov.
Saylovoldi dasturlar
O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – Bahrom Abdurahimovich Abduhalimovdir.
Prezidentlikka nomzodlar mamlakatimizda siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ko‘zda tutilgan islohotlar va o‘zgarishlarni o‘z saylovoldi dasturlariga, shuningdek, mamlakatni rivojlantirishga doir maqsadlarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi nomzodi Bahrom Abdurahimovich Abduhalimov mamlakatda adolat, ijtimoiy himoya va xavfsizlik ta'minlanishini asosiy mezon sifatida ta'kidlagan.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi nomzodi Alisher Keldiyevich Qodirov esa saylovoldi dasturida shahar kengashlari vakolatlarini kuchaytirish, iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish va monopoliyaga barham berish, davlat xizmatlari va energiya resurslarini xususiylashtirishni keng yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidlagan.
Saylov kampaniyasida “Kelajak uchun mas’ulmiz” shiori bilan maydonga chiqqan O‘zbekiston Ekologik partiyasi nomzodi Narzullo Naimovich Oblomuradovdir ham mamlakatda “yashil” iqtisodiyotga asoslangan ishlab chiqarishni kuchaytirish jarayonining o‘tish davrida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi zarurligini ta’kidlagan.
Prezidentlik saylovlarida yagona ayol nomzod bo'lgan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi nomzodi – Maksuda Azizovna Varisova saylovoldi kampaniyasini "Biz ijtimoiy tenglik va adolat uchun mavjudmiz" shiori ostida o'tkazmoqda.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzodi Shavkat Miromonovich Mirziyoyev yaqin 5 yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmini 1,6 barobarga oshirishni, qashshoqlikni esa kamida ikki baravarga kamaytirishni maqsad qilgan.