ozbekistonda-hayit-nomozi-oqildi

O'zbekistonda hayit nomozi o'qildi

O'zbekiston bo'ylab barcha masjidlarda hayit nomozi o'qildi

09 Temmuz 2022 17:13

Poytaxt Toshkentda hayit namozini o‘qish uchun minglab odamlar masjidlarga yo'l oldi, ba'zi masjidlarda joy qolmaganidan musulmonlar masjid bog‘lari va ko‘chalarda ham nomoz o'qidi.

Masjidlar joylashgan ko‘chalarda transport harakati cheklandi.

Poytaxtdagi “Minor” masjidida o‘qilgan hayit namoziga ham ko‘plab fuqarolar tashrif buyurdi.

Hayit namozi xutbasida hayit kunlarida keksalar, bemorlarni ko'rish, kambag‘allarga sadaqa berish, xafa bo‘lganlarni yarashtirish haqida so‘z bordi.

Namozdan so‘ng yurt ravnaqi, yurt farovonligi, tinchlik-xotirjamlik, butun dunyoda tinchlik va barqarorlik tilab duolar qilindi.

Masjid atrofida savdo rastalari ochgan savdogarlardan ko'pchilik bayram namozidan so‘ng farzandlari uchun esdalik sovg‘alari va shirinliklar xarid qilishdi.

Yangiliklar