ozbekistonda-juma-namozi-ertadan-boshlab-yana-oqiladi

O'zbekistonda juma namozi ertadan boshlab yana o'qiladi

13 avgustdan e'tiboran xodimlari koronavirusga qarshi emlangan masjidlarda juma namozlari o‘qilishiga ruxsat berildi

12 Ağustos 2021 17:47

Koronavirusga qarshi kurash komissiyasi O'zbekiston musulmonlari diniy idorasi kengashining taklifiga binoan 17 iyulda to'xtatilgan juma namozini ertadan boshlab o'qishga ruxsat berdi.

Bunga ko'ra, masjid mutasaddilari virusga qarshi emlanishi kerak, masjidga kelganlar esa emlangani haqidagi hujjatni ko'rsatishi kerak bo'ladi.

Fuqarolardan masjidlarda niqob taqish, ijtimoiy masofa va sanitariya qoidalariga rioya qilish talab qilinadi.

Oxirgi paytlarda O'zbekistonda Kovid-19 holatlari ko'paygani sababli, o'tgan oy Qurbon hayiti va Juma namozlarini o'qimaslikka qaror qilingan edi.

Juma namozidan tashqari, jamoat bilan o'qiladigan namozlar esa  masjidlar bog'i yoki hovlisida - ochiq havoda o'qildi.

O'zbekiston Sog'liqni Saqlash Vazirligi bayonotiga ko'ra, mamlakatda umumiy emlash dozasi 11 million 382 ming 468 deb qayd etilgan.

So'nggi 24 soat ichida 925 kishidada virus aniqlangan va  umumiy holatlar soni 140 ming 210 taga yetgan.

Oxirgi 24 soat ichida 8 kishi vafot etib, qurbonlar soni 956 kishiga yetdi.

Yangiliklar