ozbekistonda-konstitutsiyaga-o-zgartirishlar-kiritish-to-g-risidagi-qonun-loyih

O'zbekistonda Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasi muddati 1 avgustga qadar uzaytirilgan.

O'zbekistonda Konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish yuzasidan muzokaralar muddati yana 15 kunga uzaytirildi.

21 Temmuz 2022 11:09

O'zbekistonda Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasi muddati 1 avgustga qadar uzaytirilgani qayd etildi.

Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish boʻyicha fuqarolar tomonidan 85 mingdan ortiq takliflar kiritilgani, bu takliflarni tahlil qilish konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish boʻyicha jamoatchilik muhokamasini kengaytirishni talab qilishi taʼkidlandi.

25-iyun kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasida inson huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxs, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishi va boshqaruvi, prezidentlik muddatining 5 yildan 7 yilgacha uzaytirish, Qoraqalpog‘iston Muxtor Respublikasi davlat maqomi bilan bog‘liq moddalarga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ayrim takliflar jamoatchilik muhokamasiga ochilgan edi.

Qoraqalpog'istondagi  voqealar

Eslatib o‘tamiz, 1-2 iyul kunlari O‘zbekistondagi Qoraqalpog‘iston Avtonom Respublikasi maqomini o‘zgartirish takliflari mintaqada  turli noroziliklarni keltirib chiqargan edi.

Nukus shahrida ro‘y bergan tartibsizliklardan keyin, prezident Qoraqalpog‘iston hududida bir oy muddatga favqulodda holat rejimi joriy etgan edi.

Qoraqalpog‘iston bo‘ylab 3 iyul kuni  boshlangan favqulodda holat 2 avgustgacha davom etishi belgilangan.

13 iyul kuni esa favqulodda holat rejimi yumshatilgan edi.

 

Yangiliklar