ozbekistonda-mustaqillikning-30-yilligi-nishonlandi

O'zbekistonda mustaqillikning 30 yilligi nishonlandi

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

01 Eylül 2021 18:47

O'zbekiston mustaqilligining 30 yilligi "Yangi O'zbekiston" bog'ida tan-tanali marosim bilan nishonlandi.

Marosimda qilgan nutqida davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev o'zbek xalqining asrlar davomida erkin hayot va adolatli jamiyatni orzu qilganiga, bu muqaddas maqsad uchun mardonavor kurashganligiga, qiyinchiliklarni yenganiga diqqat qaratdi.

“1991 yil 31 avgustda mamlakatimiz hayoti va taqdirida burilish nuqtasi bo'lgan buyuk tarixiy voqea yuz berdi. Asrlar mobaynida kelajakka katta umid va ishonch bilan qaragan va har doim sabr-toqat bilan yashab kelgan xalqimiz mustaqil davlatini barpo etish bilan eng buyuk orzusini amalga oshirdi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev o'z nutqida Afg'onistondagi voqealarga ishora qilib, Afg'onistonda tinchlik va barqarorlik o'rnatilishini qo'llab-quvvatlashini, bu erda so'nggi voqealarni xavotir bilan kuzatayotganini ta'kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Afg'oniston Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari o'rtasidagi o'zaro aloqalarni mustahkamlashda ko'prik vazifasini o'tashi mumkinligiga ishonishini aytgan.

"Biz Afg'oniston bilan munosabatlarimizda do'stlik va yaxshi qo'shnichilik va ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillariga amal qilamiz. Bu mamlakatda umume'tirof etilgan xalqaro huquq normalarini hisobga olgan holda, tinchlik asosida boshqarilishi juda muhim deb hisoblaymiz”, degan Sh. Mirziyoyev.

 

O'zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlangan bayram bu yil birinchi marta turk dizayner Sinan Turaman tomonidan loyihalashtirilgan va turk kompaniyalari tomonidan qurilgan "Mustaqillik yodgorligi" oldida o'tkazildi.

Turaman tomonidan yaratilgan Mustaqillik yodgorligi o'zbek xalqining 3000 yillik tarixini aks ettiradi. Yodgorlikning old va orqa tomonida buyuk shaxslarning haykallari, shu jumladan Temuriylar imperiyasi asoschisi Amir Temur, algebra va algoritmning otasi Al-Xorazmiy va Temuriylar imperiyasining 4-sultoni Ulug’bek haykali joy olgan. Yodgorlikning eng  yuqori qismida O'zbekiston gerbidan ham o’rin olgan Huma qushi tasvirlangan.

O'zbek xalq raqslari va turli spektakllar namoyish etilgan ajoyib bayram marosim mushaklar otilishi bilan yakunlandi.

 

Mamlakatda 5 kunlik dam olish kuni e'lon qilindi

 

Mustaqillik bayrami munosabati bilan vatan ravnaqiga katta hissa qo'shganlar Sh. Mirziyoyev imzolagan farmon asosida davlat mukofoti va medal bilan taqdirlandi.

O'zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan mamlakatda 5 kunlik dam olish kuni e'lon qilindi.

Yangiliklar