ozbekistonda-pandemiya-holati

O'zbekistonda pandemiya holati

O’zbekiston koronavirus

11 Eylül 2020 14:51

 

O’zbekiston Sog’liqni Saqlash Vazirligining ma’lumot berishicha, ohirgi  bir kun ichida mamlakat bo’ylab koronavirus bemorlari soni yana 454 nafarga ortgan va 45 ming 927 nafarga yetgan.

Koronavirus tufayli yana 5 kishi halok bo’lgan bo’lib, bu ko’rsatgich 375 nafarni tashkil etgan.

Sog’ayganlar soni esa 46 nafarga ortgan va 42 ming 555 nafarga yetgan bo’lib, bu bemorlarning 93 %i sog’ayganligini ko’rsatmoqda.

Bundan tashqari, kecha qayd etilgan 749 ta yangi holat 3 avgustdan beri aniqlangan kunlik holatlarning eng orasida eng yuqori ko'rsatgichdir.

Hozirda ushbu davlatda 100 ming kishi karantin nazoratida bo’lib, 2 ming 997  kishi shifoxonada muolaja olmoqda.

15 avgustdan boshlab karantin choralari asta-sekin yumshatilgan O'zbekistonda avgust oxiridan 7 sentyabrgacha 300 atrofida  kunlik koronavirus holatlari aniqlangan bo'lsa, 8 sentyabrda bu ko'rsatgich 400tadan, 9 sentyabrda esa 500 tadan ko'proq bo'lgan.

Yangiliklar