08 Ekim 2020 17:42
O’zbekiston Sog’liqni Saqlash Vazirligining ma’lumot berishicha, ohirgi bir kun ichida mamlakat bo’ylab koronavirus bemorlari soni yana 208 nafarga ortgan va 59 ming 905 nafarga yetgan.
Koronavirus tufayli yana 2 kishi halok bo’lgan bo’lib, bu ko’rsatgich 491 nafarni tashkil etgan.
Sog’ayganlar soni esa 108 nafarga ortgan va 56 ming 568 nafarga yetgan bo’lib, bu bemorlarning 94 %i sog’ayganligini ko’rsatmoqda.
Hozirda ushbu davlatda 2 ming 843 kishi shifoxonada muolaja olmoqda.
15 avgustdan boshlab karantin choralari asta-sekin yumshatilgan O'zbekistonda avgust oxiridan 300 atrofida kunlik koronavirus holatlari aniqlangan bo'lsa, 10 sentyabrda bu ko'rsatgich 700 tadan ko'proq bo'lgan.