29 Temmuz 2021 15:12
O'zbekiston Sog'liqni Saqlash Vazirligi bayonotida, oxirgi 24 soat ichida 1408 kishida virus aniqlangani natijasida kasallanganlarning umumiy soni 127 ming 506 nafarga yetganligi qayd etildi.
Sog'ayib ketganlar soni esa 121 ming 718 taga yetdi.
Ma'lum qilinishicha, oxirgi 24 soat ichida 6 kishi hayotdan ko'z yumgan va virus tufayli vafot etganlar soni 859 taga yetgan.
Shuningdek, oxirgi 24 soat ichida mamlakatda 218 ming dozada emlash amalga oshirilgani va umumiy emlash dozasi 6 million 982 mingni tahskil qilgani qayd etildi.
1 apreldan boshlab emlash ishlari boshlangan mamlakatda yil oxirigacha qariyalar, sog'liqni saqlash xodimlari, o'qituvchilar, askarlar va politsiya xodimlarini o'z ichiga olgan jami 4,1 million kishini emlash rejalashtirilgan.