ozbekistonda-ramazon-oyi-tayyorgarliklar

O'zbekistonda Ramazon oyi tayyorgarliklar

Barcha masjidlarda taroveh nomoziga tayyorgarlik ko'rildi

03 Nisan 2022 11:24

O‘zbekistonda tinchlik va barakot oyi – Ramazon bayramiga so‘nggi tayyorgarlik ishlari yakunlandi.

Mamlakat bo‘ylab 2000 dan ortiq masjid mavjud O‘zbekistondagi barcha masjidlar Ramazon oyiga shay holatga keltirildi. Hofiz Ramazon oyida tarovih namozlarida Qur’on yod olinadigan masjidlarga tayinlangan.

O‘zbekiston Prezidenti Shevket Mirziyoyev o‘zi imzolagan farmon bilan Ramazon oyining eng yaxshi tarzda o‘tishini ta’minlash uchun zarur choralar ko‘rilishini talab qildi.

Farmonda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, oilalar, mahallalarda osoyishtalik va hurmat muhitini mustahkamlash, Ramazon oyi munosabati bilan qabristonlarni tozalash ishlariga ahamiyat berish tavsiya etildi.

Ramazon oyi oldidan mamlakatimizning barcha aholi punktlari va shaharlarida tozalash va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari o‘tkazildi.

Yangiliklar