ozbekistonda-turkiy-davlatlar-tashkilotining-qishloq-xojaligi-vazirlari-yigil

O'zbekistonda Turkiy Davlatlar Tashkilotining Qishloq xo'jaligi vazirlari yig'ilishi o'tkazildi

Turkiy Davlatlar Tashkilotining Qishloq xo'jaligi vazirlari yig'ilishi Toshkentda o'tkazildi.

05 Temmuz 2022 10:18

Yig‘ilishda  O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev TDT Bosh kotibi Bag‘dod Amreyev, Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri prof. Dr. Vahit Kirishji, Ozarbayjon qishloq xo'jaligi vaziri İnam Karimov, Qozog'iston qishloq xo'jaligi vaziri Yerbol Karashukeyev, Qirg'iziston qishloq xo'jaligi vaziri Askarbek Janibekov va kuzatuvchi mamlakat Vengriya qishloq xo'jaligi vaziri o'rinbosari Oskar Okros ishtirok etdi.

Yigʻilishda soʻzga chiqqan J. Xoʻjayev aʼzo davlatlar qishloq xoʻjaligi vazirlari yigʻilishini oʻtkazish gʻoyasi Ozarbayjon raisligi davrida ilgari surilganini eslatib, bu doiradagi ilk yigʻilishning Oʻzbekistonda oʻtkazilishi uning uchun tarixiy voqea ekanini taʼkidladi.

Yig'ilish doirasida TDTga a'zo va kuzatuvchi davlatlarning qishloq xo'jaligi vazirlari va ko'plab mehmonlar ishtirokida 1-Turkiya qishloq xo'jaligi biznes forumi bo'lib o'tdi.

Forumda so‘zga chiqqan Kirishji, Turkiya qishloq xo‘jaligi biznes forumining Osiyoning qoq markazida, sharq va g‘arb, shimol va janub tutashgan O‘zbekistonda ilk bor TDT tashkiloti soyaboni ostida o‘tkazilganligini ta’kidladi va nutqini quyidagicha davom ettirdi:

“Bu qadimiy geografiya – unumdor, shifobaxsh yerlar, buloqlar, ming bir xil suvlar, rang-barang o‘simliklar maskanidir”.

Yangiliklar