ozbekistonda-turkiya-va-ozbekiston-munosabatlarining-30-yilligiga-bagishlanga

O'zbekistonda Turkiya va O'zbekiston munosabatlarining 30 yilligiga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'anning O'zbekistonga tashrifi oldidan Turkiya Respublikasi Prezidentligi Aloqa Boshqarmasi tomonidan Toshkentda o'tkazilgan ushbu tadbirda Turkiya va O'zbekiston rasmiylari ishtirok etdi.

03 Nisan 2022 12:33

“Dog'ush Media Group” tashqi aloqalar va axborot koordinatori Ahmet Yeshiltepe, bu yerda qilgan nutqida, dunyoning qiyin siyosiy muhitida ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik va qardoshlik rishtalarini mustahkamlash uchun har bir qadam qoʻllab-quvvatlanishi kerakligiga ishonishini va Oʻzbekistonning Turkiyaga eng yaqin davlatlardan biri ekanligini taʼkidladi.

Turkiyaning O‘zbekiston mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olganini ta’kidlagan Yeshiltepe, ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi yaqin va samimiy munosabatlar mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaganini ta’kidladi.

Panelda so‘zga chiqqan Prof. Dr. Nur Chetin Turk-Islom madaniyatining Markaziy Osiyodan Onado’ligacha boʻlgan tarixiy jarayoni haqida gapirdi.

Turkiya va O‘zbekiston manfaatlari va maqsadlari bir-biriga mos kelishini va barcha xalqaro platformalarda bir-birini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan prof. Dr. Chetin, ikki o’lka o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, diplomatik va harbiy hamkorlikning do’stlik va qardoshlikka asoslanganligini bildirdi.

Toshkentdagi Markaziy Osiyo xalqaro instituti kafedra mudiri Alisher Sabirov Turkiya Respublikasining tashkil topish jarayoni va Mustafo Kamol Otaturk tomonidan olib borilgan islohotlar O‘zbekistonga o‘rnak bo‘lganini, O‘zbekiston mustaqillikka erishgan 1991 yildan buyon ko‘plab qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Sobirov ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, yoshlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan tadqiqotlar muhimligini ta’kidlab, ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish zarurligini aytdi.

Oʻzbekistondagi uchinchi yirik sarmoyador davlat

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar bo‘limi mudiri Bahrom Sotiboldiyev Turkiya-O‘zbekiston munosabatlari O‘zbekiston “Uchinchi Uyg‘onish” deb ta’riflagan yangi davrga salmoqli hissa qo‘shganini, bu jarayonda ikki tomonlama munosabatlar eng yuqori bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.

So'nggi paytlarda O'zbekistonga sarmoya kiritgan turk ishbilarmonlari soni ortganiga diqqat qaratgan Sotiboldiyev, Turkiyaning Rossiya va Xitoydan keyin "O'zbekistondagi uchinchi eng katta sarmoyador davlat" ekanligini ta'kidladi.

Yangiliklar