ozbekistonda-xorijliklar-uchun-kovid-19-bilan-bogliq-cheklovlar-bekor-qilinadi

O'zbekistonda xorijliklar uchun Kovid-19 bilan bog'liq cheklovlar bekor qilinadi

O'zbekistonda xorijliklar uchun Kovid-19 bilan bog'liq cheklovlar 10-iyundan boshlab bekor qilinadi.

08 Haziran 2022 10:23

Shunga ko‘ra, mamlakatga avtomobil, poyezd va samolyotda keladiganlar uchun PCR testining salbiy natijasi yoki emlash sertifikatini taqdim etish majburiyati bekor qilinadi.

Niqob taqish majburiyati 1-martdan boshlab bekor qilingan ushbu mamlakatda, oxirgi davrda Kovid-19 holatlari kamligi sababli, ushbu qaror bilan Kovid-19 tarqalishiga qoʻyilgan soʻnggi cheklovlar ham  bekor qilindi.

O‘zbekistonda so‘nggi 24 soat ichida 6 ta yangi virus aniqlanib, umumiy kasallanganlar soni 239 ming 141 nafarga yetdi.

Kovid-19 epidemiyasi boshlanganidan buyon mamlakatda jami 237 ming 349 kishi ushbu virusni yengib sog'aygan, 1637 kishi esa  vafot etgan.

Yangiliklar