ozbekistonga-660-ming-dozada-astrazeneca-vaksinasi-yetkazib-berilgan

O'zbekistonga 660 ming dozada AstraZeneca vaksinasi yetkazib berilgan

O’zbekistonga ushbu vaksinalarni yetkazib berish COVAX global hamkorlik dasturi doirasida amalga oshirilmoqda

17 Mart 2021 12:06

O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotda 660 ming dozada AstraZeneca vaksinasi Istanbul orqali Turk havo yo'llari  vositaisda ushbu mamlkatga yetkazib berilganligi ma’lum qilindi.

O’zbekistonga ushbu vaksinalarni yetkazib berish Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) hamkorligida COVAX global hamkorlik dasturi doirasida amalga oshirilmoqda

Mazkur dastur doirasida O’zbekistonga jami 2 million dozadan ortiq AstraZeneca vaksinasini yetkazib berish ko’zda tutilgan.

O'zbekistonda Kovid-19 kasalligi oxirgi 24 soat ichida 115 taga ko'payib, 80 ming 858 kishini tashkil etdi.

Virusni yengib sog’ayib ketganlar soni esa 79 taga ko'payib, 79 ming 450 nafarga yetgan.

Mamlakatda ushbu virusga chalingan 786 kishining muolajasi davom etmoqda.

Shu kungacha virus tufayli 622 kishi vafot etgan.

 

 

Yangiliklar