ozbekistonning-istanbuldagi-konsulxonasi-tomonidan-bahor-festivali-tashkil-etil

O'zbekistonning Istanbuldagi Konsulxonasi tomonidan bahor festivali tashkil etildi

O'zbekistonning Istanbuldagi Konsulxonasi tomonidan "Turk dunyosining bahor festivali" tashkil etildi

28 Mart 2022 11:24

To’pqobi Turk dunyosi madaniyat mahallasida o'tkazilgan Turk dunyosi bahor festivalida O'zbekiston Istanbul Bosh konsuli Amirsaid A'zamxo'jaev, Tojikistonning Istanbul Bosh konsuli Murat Saitzoda, Turkmaniston Istanbul Bosh konsuli Murat Geldi Seyit Mammedov hamda ko'plab nodavlat tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Bahor bayramining ochilish nutqida so'zga chiqqan A'zamxo'jaev:

 “Turk dunyosini Istanbulda bahor bayrami munosabati bilan yig’ilganidan juda xursandman”,-dedi.

Tadbirda Turk dunyosi davlatlaridan konsullar va nodavlat tashkilot vakillari  ishtirok etganini aytgan A’zamxo‘jaev kelgusi yillarda bu tadbirlar sonini yanada ko‘paytirishlarini qayd etdi.

Bahor bayramining Turkiya va O'zbekiston munosabatlarining 30 yilligiga to'g'ri kelganini ifoda etgan A'zamho'jaev, buning ular uchun ham muhim ekanini ta'kidlab:

 "Turkiya va O'zbekiston o'rtasidagi munosabatlar yangi davrda muhim strategik darajaga yetdi.

Biz aloqalarimizni yaxshilashga qaratilgan sa'y-harakatlarimizni mana shunday tadbirlar bilan davom ettiramiz.

Kelgusi davrlarda aloqalarimizni yaxshilash uchun ko'plab  loyihalar va tadbirlar uyushtirishni rejalashtirmoqdamiz",- dedi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning 29-mart kuni O‘zbekistonga tashrifi har ikki davlat uchun ham nihoyatda muhim ekanini ta’kidlagan A’zamxo‘jayev:

"Oʻylaymanki, bu uchrashuv ikki davlat oʻrtasidagi yangi munosabatlarning boshlanishi boʻladi.

Ikki tomonlama munosabatlarda yangi hamkorlik imzolanishini kutamiz",-degan.

Tadbirda Turkmanistonning Istanbul Bosh konsuli Murat Geldi Seyit Mammedov hamda Tojikistonning Istanbuldagi bosh konsuli Murod Saitzoda ham so’zga chiqdi.

 

 

Yangiliklar