ozbekistonning-yuz-ochdi-marosimi

O'zbekistonning "Yuz ochdi" marosimi

"Kelin salom" o'zbek to'ylarining ajralmas qismidir.

09 Temmuz 2022 10:11

O‘zbek to’ylari turli marosimlar, urf odatlarga boy.

Bu an’analar to’ydan bir necha oy oldin boshlanib, to’ydan keyin ham davom etadi.

Momolarimiz har bir marosim o'z xosiyatiga ega ekanligiga ishonadi.  

Ana shunday urf-odatlardan biri esa “Kelin salom” yohud “Yuz ochdi”dir.

O‘zbekistonda to‘ydan keyin kuyovning uyida yaqin qarindoshlar, qo‘ni-qo‘shnilar ishtirokida o‘tkaziladigan marosim “yuz ochdi” deb ataladi.

Marosim davomida yig'ilganlar kelinga o'z sovg'alarini berishadi.

“Yuz ochdi” marosimida kelin yig‘ilganlarga yuzi yopiq holda egilib salom beradi.

Aynan shu marosimda kelin kuyovning yaqin qarindoshlari bilan tanishadi.

“Kelin salom”da aytiladigan yor-yor turlari juda ko’p.

Masalan:

Erka ulni er qilgan,

Ikki yoshni bir qilgan.

Salom salom kelin salom,

Avval Olohga salom.

Tong saharlab tur degan,

Tahoratga suv degan.

Salom salom kelin salom,

Qaynotasiga salom.

Ko'krak isi berilgan,

O'g'il boqib kerilgan.

Salom salom kelin salom,

Onajonisiga salom…

 

Shuningdek, ushbu marosimni o'tkazishda  turli xalq o’g’zaki ijod namunalaridan va lapardan foydalaniladi.

Kelinni ko'rishga kelgan mehmonlar turli taomlar va shirinliklar bilan siylanadi.

Yangiliklar