qadim-buxoro-shahrining-ramzi-minorai-kalon

Qadim Buxoro shahrining ramzi - Minorai Kalon

Buxorodagi ushbu meʼmoriy yodgorlik balandligi qariyb 47 metrni tashkil etadi

10 Temmuz 2021 12:53

Minorai Kalon “Katta minora” degan ma’noni anglatadi. Buxorodagi ushbu meʼmoriy yodgorlik Markaziy Osiyodagi eng go’zal minoralardan biri hisoblanadi.

Uning balandligi taxminan 47 metrni tashkil etadi, yer sathidan 9 metr chuqurdir.

Minora 1127 yilda Qoraxoniylar sulolasidan Aslanxon Muhammad tomonidan qurdirilgan.

Minoraga uning  ichidagi 104 pillapoya aylanma zina orqali chiqiladi.

1997-yilda Buxoroning 2500 yilligi nishonlangan bo’lib, mana shu munosabat bilan ko’plab me’moriy yodgorliklar bilan bir qatorda Minorai Kalonda ham taʼmirlash ishlari olib borilgan.

Oʻz davrida Minorai Kalondan yuqoridan kuzatish, aholini hayit namozlariga va juma namozlarida foydalanilgan.

Rivoyat qilishlaricha, shaharga kelayotgan karvonlar o'z yo'llarini osongina topishlari uchun minora tepasida tunda olov ham yoqilgan.

 Bugungi kunda ham Minorai Kalon ko’plab turistlarning e’tiborini tortmoqda.

Yangiliklar