qardosh-ozbekiston-bilan-birgamiz

"Qardosh O'zbekiston bilan birgamiz"

Rasmiy safar bilan O'zbekistonda bo'lib turgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyyip Erdo'g'an: "Qardosh O'zbekiston bilan birgamiz"-,deb ta'kidladi.

30 Mart 2022 01:03

Rajap Toyyip Erdog’an O’zbekistonga tashrifi doirasida, Oliy Darajali Strategik Hamkorlik Kengashi yig’ilishi oldidan qilgan  nutqida barchani Navro’z bayrami bilan tabrikladi.

Erdog’an: “Muborak Ramazon oyi o’lkalarimiz, Turk dunyosi va Islom olamiga baraka, tinchlik va osoyishtalik olib kelishini so'rab duo qilaman”,-dedi. 

Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishi munosabati bilan ajdodlar vatanida ekanidan juda xursand ekanligini ifoda etgan Erdo‘g‘an:

"Bu yil biz diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini ham nishonlayapmiz.

O‘zbekiston mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan va O‘zbekistonda elchixona ochgan davlat ekanligimizdan doimo faxrlanamiz. Aziz birodarim, Prezident Mirziyoyev islohatlari "Yangi O'zbekiston" shiori bilan 6 yildan buyon qat'iyat bilan hayotga tadbiq etilib kelinmoqda. Buning sharofati bilan O'zbekiston ancha gullab-yashnaganiga guvoh bo'lganimdan xursandman. Tuurkiya shu paytgacha bo'lgani kabi O'zbekistonning har tomonlama strategik hamkori va do'sti bo'lib qoladi va qardosh O'zbekistonning yonida bo'ladi",-degan.

Yangiliklar